Jamiyat | 17:10 / 21.09.2016
16441
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik talaba pul sarflamay o‘z sevgilisiga qimmatbaho uzukdan farq qilmaydigan ajoyib sovg‘a tayyorladi

Ba'zida sevimli insoningizni qimmatbaho sovg‘alar bilan shod qilishni istaysiz, hamyon esa — bo‘m-bo‘sh. Yaqinda xitoylik talabalardan biri mana shunday qiyin vaziyatga tushib qoldi. Uning sevgan qizi qimmatbaho toshli uzuk sovg‘a qilishini so‘radi. Ijodkor yigit shu vaqt o‘ylanib ham o‘tirmay uzukni pivo shishasidan yasay boshladi.

Uning harakati va ijodkorligiga siz ham baho bering. Yigit bu muammoni tez va oson hal etdi hamda barchaga dabdabali sovg‘alar uchun ortiqcha pul sarflash shart emasligini isbotladi.

 Shishaga ishlov bergandan so‘ng, u yigitga ancha qimmatga tushuvchi chiroyli toshlardan farq qilmay qoldi. Ijodkorlik va topqirlikning mahsuli mana shunda.

Faqatgina sovg‘a qutisiga solinsa bo‘ldi — sovg‘a tayyor. Hattoki, do‘kondagi qimmat uzukdan ham nafisroq ko‘rinishda. 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid