Jamiyat | 19:20 / 21.09.2016
17824
1 daqiqa o‘qiladi

Taygada 3 kun qolib ketgan 3 yashar bolaning suratlari paydo bo‘ldi

Xabarlarga ko‘ra, Seren D. u bilan birga o‘rmonga ketib, qutqaruvchilar bolakayni  topguncha birga bo‘lgan iti tufayli tirik qolgan. 

Layf.ru 3 kecha-kunduz taygada qolib tirik qolgan 3 yashar bolakayning suratlarini chop etgan. Seren 18 sentabrda, buvisi kir yuvish bilan ovora bo‘lgan vaqtda yo‘qolib qolgan edi. Go‘dakni qidirish ishlari 3 sutka olib borildi. 

Shu maqsadda 100 nafardan ortiq inson, 12ta texnika jalb etildi. Qidiruv ishlari tinimsiz olib borilgan. Quruqlikdagi guruhlar 30 kv.km. maydonni ko‘zdan kechirishgan, aviatsiya 125 kv.km. maydon ustidan sinchkovlik bilan parvoz qilgan. 

Hozirda, bolakay onasi bilan birga respublika shifoxonasiga olib kelingan. Biroq, shifokorlarning qayd etishlaricha, Seren jiddiy talofat ko‘rmagan. Uning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid