Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston elchisi: Ishonchimiz komilki, O‘zbekistonda doimo tinchlik va barqarorlik hukm suradi
Tojikiston O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqalarini rivojlantirishga sodiqligicha qoladi. Bu haqida Tojikistonning Mustaqillik kuni munosabati bilan 19 sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirda shu mamlakat elchisi Sodiq Imomning so‘zlariga asoslanib, Gazeta.uz nashri xabar berdi.
Diplomatik vakillik rahbari o‘zbek va tojik xalqlarining do‘stlik va qo‘shnichilik an'analari ko‘p asrli tarixga ega ekanligini ta'kidladi.
"Qardosh O‘zbekiston hozirda o‘z tarixidagi yangi bosqichni boshdan kechirmoqda. Qo‘shnilarimizning bugungi kundagi barcha yutuqlari mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomi bilan chambarchas bog‘liq", - dedi Tojikiston elchisi.
"Ishonchimiz komilki, ushbu qadimiy zaminda doimo tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot hukm suradi", - qo‘shimcha qildi Sodiq Imomiy. U bugungi Tojikiston iqtisodiy, ijtimoiy hamda ma'naviy sohalarning har tomonlama rivojlanishiga yo‘naltirilgan dastur va strategiyalarni muvaffaqiyatli tatbiq qilayotganini ta'kidladi.
"Albatta, bu yutuqlarni keng qamrovli xalqaro hamkorliksiz, xorijlik hamkorlar, eng avvalo qo‘shni davlatlarning qo‘llab-quvvatlashisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi", - dedi diplomat.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
14:10 / 14.05.2025