Iqtisodiyot | 08:27 / 21.09.2016
6032
1 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Xitoy AQSh mol go‘shtiga o‘rnatgan 13 yillik taqiqni bekor qilishi mumkin

XXR Davlat kengashi rahbari Li Ketsyan BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasi doirasida amerikalik tadbirkorlar bilan uchrashuvida 13 yil davomida amalda bo‘lgan AQSh go‘shtiga o‘rnatilgan taqiqni bekor qilish rejasi xususida so‘z yuritdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

«Biz AQSh mol go‘shtining sifati juda yaxshi ekanini bilamiz, shunday ekan xitoylik iste'molchini bu tanlovdan mahrum etishning nima keragi bor?», — degan Li Ketsyan.

Davlat kengashi rahbari taqiqning bekor qilinishi muddatiga oydinlik kiritmagan, biroq, avvalroq savdo guruhlari AQSh mol go‘shti importini 2016 yil oxirigacha boshlanishini kutayotgani ma'lum bo‘lgandi. 

Xitoy 2003 yili AQShda «qoramol quturishi» kasalligi tarqalgani sababli, mol go‘shti importiga taqiqni joriy qilgan edi.

Mavzuga oid