Jahon | 10:40 / 22.09.2016
6020
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Senati Saudiya Arabistoniga qurol sotishni taqiqlamadi

AQSh Kongressi Senati 21 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Saudiya Arabistoniga 1,15 mlrd dollarlik tanklar, o‘qotar qurollar va aslahalar sotishni taqiqlashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini rad etdi. 27 nafar senator hujjatni ma'qullagan bo‘lsa, 71 nafari qarshi ovoz bergan. 

Loyiha mualliflari respublikachi senator Rend Pol va demokratlar vakili Kris Merfi podshohlik qo‘shinlarining Yaman mojarosida ishtirok etayotganidan tashvish bildirishmoqda.

"Minglab tinch aholi vakillari halok bo‘lmoqda, IShID va "Al-Qoida" kabi terrorchilik guruhlari kuchayib borayapti", -deyiladi Merfi bayonotida. Senatorlarning fikricha, Ar-Riyod siyosati o‘zgarmas ekan, "AQSh qurol sotishni to‘xtatishi kerak".

Senatorlar, xususan, Saudiya Arabistoniga 100dan ortiq Abrams tanklari va ularning optik tizimlari, yirik kalibrli pulemyotlar, M240 piyoda pulemyotlari, granatomyotlar hamda o‘quv jangovar o‘q-dorilarni yetkazib berishga qarshilik bildirishgandi. Ular tanklarni jang maydonidan ko‘chirib, ta'mirlashga xizmat qiluvchi M88 mashinalarini ham yetkazib bermasligini ta'kidlashgan. Ikki davlatlar o‘rtasidagi harbiy bitimni Davlat departamenti ma'qullagan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid