Jahon | 07:38 / 22.09.2016
4447
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya razvedka xizmati terrorchilikka qarshi kurash uchun mingga yaqin tahlilchini ishga oladi

Buyuk Britaniya tashqi razvedka xizmati MI6 dunyo terrorchiligiga qarshi kurash uchun mingga yaqin tahlilchini ishga olmoqchi, deb yozmoqda Times nashri.

MI6’ni kengaytirish hukumatning britan maxsus xizmatlari xodimlari sonini 15 foizga yoki 1900 kishiga ko‘paytirish bo‘yicha 2015 yildagi rejasiga ko‘ra yuz beradi. Bu xizmatlar orasiga MI5, MI6 va tashqi ishlar vazirligi huzuridagi hukumat aloqasi boshqarmasi kiradi. 

Nashrning ta'kidlashicha, MI6’ning xodimlari soni 2020 yil boshiga 2,5 ming kishidan 3,5 ming kishigacha ortadi.

Bunday chora MI6 tomonidan vositachilar va xavflarni aniqlash uchun katta hajmdagi raqamli ma'lumotlarni qayta ishlash uchun zarur. Kutilishicha, tahlilchilar internet, mobil telefon va noutbuklar foydalanuvchilari qoldiradigan "raqamli izlarni" aniqlash bilan shug‘ullanishadi. 

MI6 rahbari Aleks Yanger "raqamli dunyo xavf soladi, chunki raqiblar bu imkoniyatlardan foydalanib, bizning harakatlarning aniq tasdig‘ini olishi mumkin, bu esa ishlash usulimizni butkul o‘zgartirishimiz kerakligini anglatadi", deb aytdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid