Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada Alitalia kompaniyasi uchuvchilarining 24 soatlik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda
Italiyaning Alitalia aviakompaniyasi uchuvchi va bort kuzatuvchilari 24 soatli ish tashlash namoyishini o‘tkazishmoqda. Bu haqida Corriere della Sera nashri ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 22 sentabr, payshanba kuni Rimning Fyumichino aeroportida 150 reys bekor qilingan. Bunga 3 professional uyushma – Anpac, Anpav va Usb tomonidan tashkillashtirilgan norozilik aksiyasi sabab bo‘lgan.
Anpac kasaba uyushmasi saytida aytilishicha, “uchuvchi xodimlarning ishi bilan bog‘liq masalalar”ni hal qilishda kompaniya rahbariyati bilan bir to‘xtamga kela olinmaganidan so‘ng norozilik namoyishi tashkillashtirilgan.
Iyun oyida Fransiyaning Air France avikompaniyasi uchuvchilari ish haqini oshirishni talab qilib norozilik namoyishi uyushtirishgandi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekistonda yana bir yangi aviakompaniya ish boshladi
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025