Sport | 22:54 / 22.09.2016
4424
2 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiya klublari Angliya futbol ligasiga qabul qilinishi ehtimoli rad etildi

Shotlandiyaning "Seltik" va "Glazgo Reyndjers" jamoalari Angliya futbol ligasiga qabul qilinishi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. Bu haqda Angliya futbol ligasi press-relizida ma'lum qilindi.

Bundan oldinroq Telegraph nashri ingliz klublari Angliya futbol ligasi tarkibidagi jamoalar sonini hozirgi 72tadan 80tagacha ko‘paytirish (professional ligalar) borasida muzokara o‘tkazgani haqida xabar qilgandi. Natijada beshinchi professional divizion ham paydo bo‘lib, unga Shotlandiyadan ham jamoalar qabul qilinishi mumkinligi aytildi.

"Seltik" va "Glazgo Reyndjers" Shotlandiyaning yetakchi jamoalari sanaladi. "Seltik" milliy chempionatda 47 marta, "Reyndjers" esa 54 marta g‘olib chiqqan.

Angliya futbol ligasi 1888 yilda tashkil etilgan. 1950 yilgacha 4 diviziondagi ishtirokchi jamoalar soni 92ta edi. Ayni vaqtda oliy divizion - Angliya premer-ligasida 20ta jamoa ishtirok etadi. Bu liga Angliya futbol ligasi tarkibiga kirmaydi, lekin futbol ligalari va premer-liga o‘rtasida bog‘liqlik saqlanib qolgan.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid