Jamiyat | 00:36 / 23.09.2016
4746
1 daqiqa o‘qiladi

Disney kinostudiyasi "Yulduzlar janglari" filmining yangi qismini chiqaradi

Disney kinostudiyasi bosh direktori Robert Ayger kompaniya 2020 yilgacha "Yulduzlar janglari" filmining yangi qismini chiqarmoqchi ekanligini tasdiqladi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Ayger Goldman Sachs Communacopia anjumanidagi nutqida kompaniya film ustida ishlash uchun ssenariynavisni yollaganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, film "Yakka quvg‘indi: Yulduzlar janglari. Voqealar" deb nomlangan hamda 2016 yil dekabriga chiqishi rejalashtirilgan filmdan boshlanadigan seriyaning uchinchi qismi bo‘ladi. 

Ayger seriya "Yulduzlar janglari" muvaffaqiyatini qaytara olishiga umid qilmayapti, biroq filmga qiziqish " Yulduzlar janglari: Kuchning uyg‘onishi" kabi yuqoriligini ta'kidlab o‘tdi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid