Jahon | 15:27 / 23.09.2016
10259
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: AQSh kurdlarga qurol yetkazib berayapti

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShni Suriya shimolidagi kurdlarga qurol-aslaha yetkazib berishda aybladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Uch kun avval, Amerika ushbu terrorchi guruhlari uchun Kobaniga ikki marta qurol yetkazib bergan», —degan Erdo‘g‘an, 21 sentabr kuni AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvida ushbu masalani o‘rtaga tashlaganini qo‘shimcha qilar ekan. Bayden o‘z navbatida, bu holatdan xabari yo‘qligini ma'lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, kurdlar va Turkiya hukumat kuchlari o‘rtasidagi vaziyat 2015 yil iyulida taranglashgan edi. Umuman, mamlakat qurolli kuchlari bayonotiga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda 700ga yaqin isyonchi o‘ldirilgan. 

Mavzuga oid