Italiyalik avtopoygachi Xitoydagi tog‘ tepasidan rekord tezlikda tushdi
Italiyalik avtopoygachi Fabio Barone yer yuzidagi eng xavfli trassalardan biri bo‘lmish Tyanmen tog‘idagi yo‘ldan tezlikda tushish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
U 11 kilometrli tog‘ yo‘lidan 10 daqiqa-yu 31 sekundda tushdi. Trassa 99 burilimlardan iborat bo‘lib, dengiz sathidan 200dan 1300 metrgacha bo‘lgan balandlikda joylashgan.
Boshqaruvida Fabio Barone bo‘lgan Ferrari mashinasi ushbu safarga maxsus tayyorlandi. Undagi metall detallarning ayrimlari ugleplastika bilan almashtirildi.
Fabio Barone uchun bu tavakkalchilik birinchisi emas. U joriy yilning avgust oyida Ferrari 458 mashinasi bilan Ruminiyaning Transfegereshan tog‘li trassasidan o‘rta tezlikda tushish bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi.
Mavzuga oid
22:08 / 15.11.2024
Alp tog‘larida turistlar 280 mln yillik qadimiy hayvonlar izlariga duch keldi
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
12:50 / 05.11.2024