Jamiyat | 07:40 / 23.09.2016
8271
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada ichida ikki bola bo‘lgan mashina jarima maydonchasiga olib ketildi

Moskvada evakuator ichida ikki bola bo‘lgan mashinani jarima maydonchasiga olib ketdi. "Administrator moskovskogo parkovochnogo prostranstva" korxonasida TASS axborot agentligiga tushuntirilishicha, evakuator xodimi mashina oynalari qoraytirilgan bo‘lgani uchun uning ichidagi bolalarni ko‘rmagan.

"Mashina egalari ikki bolasini oynalari qoraytirilgan mashinada ustidan qulflab, mashinani to‘xtashni taqiqlovchi yo‘l belgisi ostida qoldirib ketgan. Bu hududni nazorat qiluvchi tegishli yo‘l xizmati xodimlari avtomobilni olib ketishdan avval uni ko‘zdan kechirganlar. Biroq ular mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan ikki bolani qoraytirilgan oynalar tufayli ko‘rmaganlar", deb aytildi kompaniyada.

Ma'lum qilinishicha, evakuatorchi mashinani "Otradnoye" metro stansiyasidan olib yo‘lda ketayotganda uning xodimlari mashina ichida kimdir borligini anglashgan. "Botanicheskiy sad" metro stansiyasida evakuator politsiya tomonidan to‘xtatilgan. Hozir bolalarning ota-onasiga nisbatan tergov qo‘zg‘atilgan, ularga "Xavfli holatda qoldirib ketish" moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilishi mumkin. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid