Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
National Interest dunyoning 5ta eng kuchli armiyasini aniqladi
Amerikaning National Interest jurnali dunyoning dengiz, havo va quruqlikdagi eng kuchli armiyalari reytingini tuzib chiqdi. Ularning har birida Rossiya, AQSh va Xitoy o‘rin egallagan.
Shunday qilib, nashr tasnifiga ko‘ra, dunyoda eng kuchli harbiy-dengiz flotiga ega mamlakatlar — AQSh, XXR, Rossiya, Buyuk Britaniya va Yaponiyadir.
Aslida, Rossiya quruqlikdagi armiya bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Biroq, uning harbiy-dengiz floti tarkibidagi kemalari soni yetarlicha. "Rossiya HDK ixtiyorida 79ta katta kema, jumladan bitta avianosets, beshta kreyser, 13ta esminets va 52ta suv osti kemasi mavjud", — deyiladi hujjatda.
Maqola mualliflarining qayd etishicha, suv osti kemalari Rossiya harbiy flotining asosiy kuchidir. Uning tarkibidagi suv osti kemalarining 15tasi atom kemalaridir. 16ta ko‘pmaqsadli, raketa-torpedo qurollariga ega suv osti kemasi mavjud. 9tasiga ballistik raketa, oltitasiga qanotli raketalar joylangan.
Boshqa mamlakatlar borasida to‘xtalgan NI Amerika aviatashuvchi kemalarini alohida e'tirof etgan. AQShda 10ta shu rusumdagi kema bor. Bundan tashqari, Xitoy harbiy floti tarkibida ham suv osti kemalari ko‘p.
NI nashriga ko‘ra, AQSh, XXR, Hindiston, Rossiya va Buyuk Britaniya quruqlikdagi eng kuchli armiyalarga ega.
Rossiya quruqlikdagi qo‘shinlari soni 285 ming nafar jangovar tarkibdan iborat, NI fikricha, 535 ming harbiy xizmatchidan iborat AQSh qo‘shini eng kuchlisidir. Xitoy xalq ozodlik armiyasi o‘z navbatida 1,6 millionlik piyoda qo‘shinlari bilan faxrlansa arziydi. Britaniyada bu ko‘rsatkich 102 ming askardan iborat.
So‘nggi, uchinchi reytingga ko‘ra, yer yuzidagi eng kuchli harbiy havo kuchlari atigi to‘rtta mamlakatda mavjud. Bular — AQSh, Rossiya, XXR va Yaponiya.
Rossiya ixtiyorida 1500 jangovar samolyot va 400ta shunday vertolyot bor. NI jurnalining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar HHK tarkibida 5,6 ming samolyot bo‘lsa, HDK ixtiyorida 3,7 ming samolyot mavjud.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
01:15 / 01.05.2025