Fan-texnika | 13:51 / 24.09.2016
10737
2 daqiqa o‘qiladi

Elektrokarlar tezligiga doir dunyo rekordi yangilandi

Ko‘p yillar davomida elektrokarlar tezligiga doir barcha rekordlar birgina kompaniya - Venturi'ga tegishli bo‘lib kelgan. O‘tgan dushanba kuni ularning VBB-3 elektromobili o‘rtacha tezlikni soatiga 549,4 kilometrgacha ko‘tarishga muvaffaq bo‘lishdi. Avtomobilning qayd etilgan maksimal tezligi esa soatiga 576 kilometrni tashkil qildi. 

1984 yilda asos solingan, nisbatan yosh Venturi kompaniyasi bugunga kelib ko‘plab parvozlar va muvaffaqiyatsiz onlarni boshdan kechirdi. Dastlab u "Grand Tourisme" bozori uchun avtomobillar ishlab chiqargan, ammo kompaniya raqobatga bardosh bera olmay, 2000 yilda bankrotga yuz tutgani haqida e'lon qildi. 2001 yilda kompaniyaning yangi prezidenti rahbarligi ostida Venturi elektrokarlarni loyihalashtirishda to‘xtadi. Biroz keyin 2009 yilda kompaniya Fransiyaning Voxan mototsikl ishlab chiqaruvchisini qo‘lga kiritdi va o‘shandan buyon faqatgina avto ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydi. 

Umuman olganda, bu yil ham sharoit juda yaxshi bo‘ldi, deb bo‘lmaydi. Sinovchi-haydovchi  Rojyer Shryoer qiyinchiliklardan qo‘rqmadi va oldiga qo‘yilgan vazifani a'lo darajada uddaladi. Batareyalar hisobiga harakatlanadigan avtomobil uchun soatiga 576 kilometr tezlik - juda yaxshi natija. Mazkur avtomobilning qudrati 3000 ot kuchiga teng. Bugungi kunda  VBB-3 - dunyodagi eng kuchli elektrokar. 

Mavzuga oid