Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinlik giyohvandlikka qarshi kurashayotgan politsiya operatsiyasida omon qolish uchun o‘zini o‘lganga soldi
Filippinlik kishi giyohvandlikka doir politsiya operatsiyasi davomida o‘z hayotini saqlab qolish uchun o‘zini o‘lganga soldi. Bu haqida Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, voqea o‘tgan hafta sodir bo‘lgan, biroq bu endigina ma'lum bo‘ldi. Mahalliy politsiyachi 28 yoshli Frantsisko Santyagoni giyohvand moddalar va qurol-yarog‘ saqlashda gumon qilib, tergovga olib ketdi. 12 soatlik so‘rovdan keyin politsiyachi Santyagoning ko‘krak qafasi, qo‘llari va qorniga qarata o‘q uzdi.
Keyinchalik Santyagoni shifoxonaga yetkazishdi, bu yerda u qanday qilib shuncha o‘qdan keyin omon qolganini mahalliy telekanalga aytib berdi. Ma'lum bo‘lishicha, u o‘zini o‘lganga solib, omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Joriy yilning may oyida prezidentlik lavozimini egallagan Rodrigo Roa Duterte giyohvandlik moddasi iste'mol qiluvchi va ularni tarqatuvchi kishilarga qarshi shafqatsiz kurash e'lon qildi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hukumat tepasiga Duterte kelganidan buyon mamlakatda giyohvand moddalar savdosiga aloqador taxminan 2,4 ming kishi o‘ldirildi. Dunyo hamjamiyati mamlakatdagi giyohvandlikka qarshi kurash usullarini bir necha marotaba tanqid ostiga oldi.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
08:24 / 18.04.2025