Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda taksichi ichida 500 ming dollar bo‘lgan papkani egasiga qaytardi
BAAning Sharja shahrida taksichi bir tadbirkor unutib qoldirgan, ichida 1,7 mln dirham (500 ming dollar) bo‘lgan papkani egasiga qaytarib berdi, deb xabar bermoqda The National nashri.
Pokistondan bo‘lgan haydovchi papkani Sharja aeroportidan janubiy koreyalik tadbirkorni Dubayga yetkazib qo‘ygandan keyin mashinasida aniqlagan. U darhol bu haqda politsiyani xabardor qilgan. Politsiya o‘z navbatida papka egasini topgan.
30 yoshli taksichi o‘zining bu olijanob ishi uchun Sharja yo‘llar va transport boshqarmasining minnatdorchilik yorlig‘i va 3 ming dirham (820 dollar) bilan mukofotlandi. Mukofot pulining uchdan bir qismi papka egasi, qolgan ikki qismi esa yo‘l boshqarmasi tomonidan berilgan.
Ta'kidlanishicha, o‘tgan yili ham xuddi shu taksichi ichida 13 ming dollar bo‘lgan papkani uning egasi – Eron fuqarosiga qaytarib bergandi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025