Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xokkey bo‘yicha jahon kubogi: Rossiya yarim finalda Kanadaga imkoniyatni boy berdi
Xokkey bo‘yicha jahon kubogining yarim finalida Kanada terma jamoasi Rossiyani 5:3 hisobida yutdi.
Uchrashuv Torontodagi Air Canada Centre muz arenasida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaliklar safida shaybalarni Nikita Kucherov (29-daq.), Yevgeniy Kuznetsov (27-daq.) va Artemiy Panarin (60-daq.), kanadaliklarda esa Sidni Krosbi (8-daq.), Bred Marshan (38- va 42-daq.), Kori Perri (46-daq.) va Jon Tavares (50-daq.) kiritdilar.
Shu tariqa Rossiya musobaqani tark etdi, musobaqa qoidalari bo‘yicha 3-o‘rin uchun uchrashuv ko‘zda tutilmagan.
Ikkinchi yarim finalchi Shvetsiya va Yevropa terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi. Uchrashuv 26 sentabrda Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Jahon kubogining uchinchi o‘ynalishi Milliy xokkey ligasi va Xalqaro xokkey federatsiyasi homiyligida o‘tkazilmoqda. Musobaqada 8 jamoa ishtirok etib, u Shimoliy Amerika formatidagi maydonlarda Milliy xokkey ligasi qoidalariga ko‘ra o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025