Jahon | 21:28 / 25.09.2016
5404
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya muxolifati xalqaro darajadagi muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortdi

Suriya muxolifati vaziyatni barqarorlashtirish uchun xalqaro muzokaralarda ishtirok etishdan ma'no yo‘q deb hisoblamoqda. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

"Ayni vaqtdagi takliflar asosida muzokaralar o‘tkazish befoyda va bema'no ishdir", deyilgan muxolifatdagi Suriya ozodlik armiyasi bayonotida.

Bundan oldinroq Buyuk Britaniya, Italiya, AQSh, Fransiya va YeIning oliy martabali vakillari qo‘shma bayonotni e'lon qilishgan, unda Halabdagi harbiy harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi aytilgan, BMT Xavfsizlik kengashidan bunga munosabat bildirish so‘ralgandi.

"Biz BMT Xavfsizlik kengashini zudlik bilan Halabdagi hujumlarga javoban chora-tadbirlar ko‘rishni talab etamiz", deyilgandi bayonotda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid