Jahon | 09:43 / 25.09.2016
7166
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston TIV rahbari dunyo mamlakatlarini Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Foto: un.org

Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Aslovning aytishicha, mamlakat qo‘shni Afg‘onistonga doim yordam berib keladi va bu ishga boshqa davlatlarni ham jalb etish kerak. U bu haqda BMT Bosh Assambleyasida chiqishi vaqtida gapirib o‘tgan.

"Afg‘onistonga bo‘lgan ko‘magimizni oshirishimiz kerak. Ayniqsa 2015-2024 yillarga mo‘ljallangan yordam dasturi juda zarur", — dedi Aslov. "Biz Afg‘onistonga bo‘ladigan yordam miqyosini kengaytirishlarini so‘raymiz", — dedi u.

U ishonch bilan shuni alohida ta'kidladiki, Tojikiston Afg‘onistonning ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirishga tayyor.
 

Mavzuga oid