O‘zbekiston adliya vazirining yangi o‘rinbosarlari tayinlandi

Illyustrativ surat
O‘zbekiston Prezidenti majburiyatlarini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 21 sentabrdagi qarorlari bilan adliya vazirining yangi birinchi o‘rinbosari va ikki o‘rinbosari tayinlandi, deb ma'lum qilindi Adliya vazirligi saytida.
Vazirning birinchi o‘rinbosari etib Ruslanbek Davletov, o‘rinbosarlari etib esa Nodirjon Jo‘rayev va Hamdam Qarshiyev (Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta'minlash departamenti direktori) tayinlandi.
Davletov Ruslanbek Quroltayyevich bungacha (2014—2016 yillar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi tuzilmalari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish sho‘'basining mudiri bo‘lib ishlagan.
Jo‘rayev Nodirjon Savriddinovichning oxirgi ish joyi (2014—2016 yillar) Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta'minlash bo‘yicha tadqiqot markazida direktor lavozimida bo‘lgan.
Qarshiyev Hamdam Aliqulovich bungacha (2013—2016 yillar) Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid

16:34 / 25.11.2020
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

17:21 / 08.12.2018
Davletov: Iqtisodiy sohadagi eng katta muammolar - yer va bank resurslarini ajratish

22:16 / 26.11.2018
Adliya vaziri: «Odamlar o‘z hayotida davlatni minimal darajada his etishi kerak»

22:00 / 25.11.2018