Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan: Ronaldu maydonda qolishni istadi, biroq uni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish lozim
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan "Las-Palmas"ga qarshi uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan bo‘lishdi. Uchrashuv Las-Palmas-de-Gran-Kanariyadagi "Gran Kanariya" maydonida bo‘lib o‘tdi va 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. "Real" yetakchisi Krishtianu Ronaldu 72-daqiqada almashtirildi.
"Biz bu haftada avval o‘ynagandik, shuning uchun Krishtianu vaqti-vaqti bilan dam olishi kerak. U yaxshi o‘ynadi, biroq men Chempionlar Ligasi o‘yinini o‘ylab, bugun uni almashtirishga qaror qildim. Albatta, u maydonda qolishni istadi, biroq men o‘yinchilarim, jumladan Krishtianu haqida g‘amxo‘rlik qilishim kerak. Bizning seshanba kuni o‘yinimiz bor, shuning uchun uni almashtirib turish lozim.
Raqib diqqatni yo‘qotganimizda hisobni tenglashtirdi. Agar jamoa ikkita to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, bu uning himoyada yaxshi o‘ynay olmaganini anglatadi. Biz ikki ochko yo‘qotdik, biroq kurashni davom ettiramiz", deb Zidan aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi As nashri.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024