Jamiyat | 16:30 / 26.09.2016
5859
2 daqiqa o‘qiladi

24 yoshli beysbol yulduzi Xose Fernandes qayiqda halokatga uchradi

15 yoshida Kubadan Amerikaga qochib kelgan hamda keyinchalik Miami Marlins beysbol jamoasining yulduziga aylangan Xose Fernandes yakshanba kuni qayiqda halokatga uchrab, hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqida Florida hukumati xabariga asoslanib, CNN nashri ma'lum qildi

Floridaning Baliqchilik va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish komissiyasi matbuot kotibi Lorentso Velozning so‘zlariga ko‘ra, 24 yoshli Xose Fernandes va uning ikki do‘sti Mayami-Harbor (Florida shtati)da qayiqda harakatlanayotib, halokatga uchrashgan - ularning qayig‘i qoyatoshlarga urilib, ag‘darilishi natijasida yigitlarning uchalasi ham hayotdan ko‘z yumgan. 

Qirg‘oq muhofazasi xodimlari mahalliy vaqt bilan soat 3:15da patrul paytida qoyatoshlarga urilib, ag‘darilib yotgan qayiqni ko‘rishgan.

Ikki kishining jasadi qayiq ostidan, yana bir kishining tanasi esa qoyatoshlar ustidan topilgan. Beysbol yulduzidan boshqa ikki kishining ismi hozircha oshkor etilmagan, ularning ham yoshi 20dan oshganligi qayd etilgan, xolos. Manbada yigitlar Fernandesning do‘sti bo‘lganligi ta'kidlangan. Qayiqni sportchi boshqarmagan, u yo‘lovchi bo‘lganligi qayd etilgan. 

Veloz Fernandesning o‘limi Miami Marlins jamoasi, beysbol va umuman uni taniganlar uchun katta yo‘qotish bo‘lganini ta'kidladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid