Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyalik shifokorlar adashib sog‘lom buyrakni olib tashlashdi
Italiyalik shifokorlar jarrohlik amaliyoti davomida xabis o‘simta rivojlangan o‘ng buyrakning o‘rniga adashib, chap buyrakni olib tashlashdi. Bu haqida The Local nashri ma'lum qildi.
Italiya shimolidagi Vijyevano shahrida 78 yoshli kishiga buyrak saratoni tashxisi qo‘yildi, shu bois unga nisbatan jarrohlik amaliyoti qo‘llanib, bir buyragi olib tashlandi. Manbaga ko‘ra, shifokorlarning xatosi darhol aniqlanmagan.
Operatsiyadan keyin ahvoli yaxshilanmagan bemor shifoxonaga qayta murojaat qildi. Shundan so‘nggina shifokorlar sog‘lom buyrak olib tashlanganini anglab yetishdi. Endi esa nafaqaxo‘r haftada uch marta to‘rt soatdan davom etadigan dializ muolajasiga qatnashi lozim.
Bemorni operatsiya qilishda xatolikka yo‘l qo‘ygan shifoxonada ichki tergov ishlari olib borilmoqda. Davolash muassasasi 78 yoshli nafaqaxo‘rdan uzr so‘ragan va davolash uchun kerak bo‘lgan barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025