Okeaniya vakillari 2017 yilgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi

Osiyo olimpiya kengashi okeaniyalik sportchilarning 2017 yili Yaponiyaning Sappora shahri mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishiga ruxsat berdi. Bu haqda Associated Press xabar qilgan.
Bu qaror tashkilotning Vetnamning Danange shahrida o‘tkazilgan bosh assambleyasi chog‘ida qabul qilingan. Lekin qayd etilishicha, okeaniyalik atletlarning natijalari rasman hisoblanmaydi va ular medallar uchun kurashmaydi.
"Ular mehmon sifatida o‘z bayroqlari ostida ishtirok etishadi. Ammo ularning natijalari bayonnomalarga kiritilmaydi", degan OOK prezidenti Ahmad al-Fahad al-Saboh.
Okeaniya vakillarini taklif etish g‘oyasi Avstraliya olimpiya qo‘mitasi prezidenti Jon Kouts tomonidan bildirilgandi. U bu orqali mintaqadagi sportchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish mumkinligini ta'kidlagan.
Sapporodagi qishki Osiyo o‘yinlari 2017 yilning 19-26 fevral kunlari davomida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

18:48 / 12.02.2025
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

20:49 / 02.12.2024
MOQ yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yilganiga izoh berdi

20:01 / 28.07.2024
Erkaklar va ayollar alohida yashaydigan, toshda taom tayyorlaydigan qabila bilan yashagan o‘zbekistonliklar

20:29 / 07.10.2023