Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» himoyachisi Ore politsiyachiga hujum qilgani uchun 2 oylik qamoqqa hukm qilindi
Parij sudi «Pari Sen-Jyermen» jamoasi futbolchisi Serj Orening politsiyachiga hujum qilishi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqdi.
Ore «hukumat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik ishlatish»da aybdor deb topilan va unga nisbatan 2 oylik qamoq jazosi qo‘llangan.
Bundan tashqari, futbolchi jismoniy va ma'naviy zarar uchun 600 yevro, sud xarajatlari uchun 1500 yevro to‘laydi.
Shu bilan birgalikda Ore parijliklar jamoasi safida Yevropa chempionlar ligasi doirasida «Ludogorts»ga qarshi kechadigan o‘yinda ishtirok etishi taqiqlanmagan. Futbolchi sud zalida hibsda bo‘lmagan.
Ivuarlik ushbu 23 yoshli futbolchi 2016 yilning 30 mayida tungi klubdan chiqish vaqtida o‘zini to‘xtatgan politsiyachini haqoratlagani, shuningdek, huquq tartibot organi xodimiga zarba bergani uchun qo‘lga olingandi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi
16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi
08:25 / 01.08.2024
Amerikalik 34 yillik qamoqdan keyin oqlandi
11:31 / 02.04.2024