Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi korrupsiyada gumon qilinmoqda
Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri jurnalistlari mustaqil jurnalistik tekshiruv jarayonida futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardaysning korrupsiyaga aloqadorligi bo‘yicha ma'lumotlarga ega bo‘lgan. Tekshiruvlar Britaniya futbolidagi poraxxo‘rlik holatlarini fosh etish maqsadida o‘tkazilgandi.
Jurnalistlar osiyolik tadbirkorlarning vakillari sifatida Ellardays bilan 2 marta uchrashgan va undan futbolchilarning transferlarida ma'lum haq evaziga yordam ko‘rsatishni so‘rashgan. Nashrning yozishicha, murabbiy o‘z aloqalaridan foydalangan holda transferlarda ishtirok etishga rozi bo‘lgan va o‘z xizmati uchun 400 ming funt so‘ragan.
U shuningdek, futbolchilarning transferlari bo‘yicha Angliya futbol assotsiatsiyasi qoidalarini, futbolchining transfer huquqiga uchinchi tomon egalik qilishiga taqiqlarni qanday qilib aylanib o‘tish mumkinligi haqida aytib bergan.
The Telegraph vakillari Angliya futbol assotsiatsiyasiga tekshiruv haqida batafsil keltirilgan maktub yo‘llashgan. Ularning aytishicha, Ellardays "biznesmenlar" bilan Singapur va Hongkongda, milliy terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lishidan oldin uchrashgan.
Xabarda aytilishicha, u o‘sha suhbatlar vaqtida o‘sha vaqtda terma jamoaga bosh bo‘lgan Roy Hojsonni keskin tanqid qilgan.
Ellardays Angliyadagi bir qator jamoalarda mehnat qilgan, «Bolton», «Nyukasl», «Blekbern» va «Vest Hem» kabi jamoalarda muvaffaqiyatli ishlab Angliya futbolida «Katta Sem» laqabini olgan. Uning terma jamoaga kelishidan oldin ishlagan jamoasi «Sanderlend» bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi
11:30 / 05.03.2025