Qirg‘iziston prezidentiga qanday tashxis qo‘yilgani oydinlashdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Moskvadagi markaziy klinik shifoxonadan shu hafta oxirigacha chiqishi mumkin. Davlat rahbari saytida ma'lum qilinishicha, prezidentning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo - yurak faoliyatidagi buzilish tuzatilgan.
"Yurak aritmiyasini bartaraf etish maqsadida Rossiya Tibbiyot Fanlari Akademiyasi (RAMN) professori Amiran Revishvili jalb qilindi. Ayni vaqtda yurak urishi faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq muammolar to‘laligicha bartaraf etilgan", — deb yozgan o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Almazbek Atambayevning matbuot kotibi Almaz Usenov.
Bundan oldinroq, Almazbek Atambayev Rossiya tomoni davolanishni davom ettirishi uchun Moskvaga taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024
Germaniyaning Moskvadagi elchisi RF TIVga chaqirildi
12:12 / 28.09.2024