Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarbayjonda konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum natijalari e'lon qilindi
Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi raisi Mazohir Panohov 26 sentabrda mamlakatda bo‘lib o‘tgan referendum natijalarini ma'lum qildi. Referendumda ozarbayjonliklar konstitutsiyaga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish uchun ovoz berdilar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Ozarbayjonda prezident vakolatlari muddatini uzaytirishga 91,2 foiz saylovchilar ovoz berdi"", deb ma'lum qildi Panohov.
Shu bilan birga vitse-prezident lavozimini kiritish uchun 89 foiz saylovchilar ovoz berdi.
Ma'lum qilinishicha, deputatlarni tanlashda yosh cheklovini bartaraf etish uchun 88,3 saylovchilar, prezidentlik uchun yosh chekloviga qarshi 91 foiz saylovchilar ovoz bergan.
Mavzuga oid
12:49 / 06.02.2025
Ozarboyjonlik maktab o‘quvchilari SpaceX yordamida o‘z sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchiradi
13:36 / 01.12.2024
O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?
20:51 / 18.10.2024
AQShda kartotekadan topilgan Konstitutsiya nusxasi 9 mln dollarga sotildi
22:17 / 17.10.2024