Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH davlatlari maxsus xizmatlari Bokuda mavjud terrorchilik xavflarini muhokama qilishadi
MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari Bokudagi yig‘ilishda mavjud terrorchilik xavflariga baho berishni taqqoslaydilar.
Bu masala MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 41-yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan. Yig‘ilishga kuzatuvchilar sifatida Yevropaning bir qator maxsus xizmatlari vakillari taklif qilingan.
"Yig‘ilishda terrorchilik, transchegaraviy uyushgan jinoyatga qarshi kurashish, hamdo‘stlik hududia terrorchilik xavflariga baho berishda yagona yondashuvlarni aniqlashtirish masalalariga e'tibor qaratiladi. IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi choralarni ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlashuvlar davom ettiriladi", deb ma'lum qilindi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati jamoatchilik aloqalari markazida.
Yig‘ilish ishtirokchilari MDH Aksilterrorchilik markazi rahbarining Belarusda may-iyunda o‘tgan birgalikdagi aksilterrorchilik mashg‘ulotlari natijalari bo‘yicha hisobotini tinglaydilar. Bundan tashqari, Rossiya tomoni tashabbusi bilan transport infratuzilmasi obektlari xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha o‘zaro harakatlarni takomillashtirish bo‘yicha aniq choralar muhokama qilinmoqchi.
Mavzuga oid
18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
15:12 / 03.04.2025
Ozarboyjonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
17:07 / 02.04.2025
Kaspiy marvaridi – Bokuga fotosayohat
18:54 / 10.03.2025