Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu Chempionlar Ligasi uchrashuvida operatordan bekor qilingan gol takrorini ko‘rsatishni so‘radi
Madridning "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan "Borussiya"ga qarshi uchrashuvning tanaffusida bekor qilingan gol vaziyatida o‘yindan tashqari holat bo‘lganiga ishonch hosil qilish uchun operator yoniga keldi. Bu haqda 101 Great goals xabar bermoqda.
Uchrashuvning 1-bo‘limiga qo‘shib berilgan vaqtda Ronaldu tomonidan kiritilgan gol britaniyalik hakam Mark Klattenburg tomonidan o‘yindan tashqari holat sababli bekor qilingan. 31 yoshli o‘yinchi hakamning bu qaroridan norozi bo‘ldi va tanaffusga hushtak chalingandan keyin operator yoniga holatning takrorini ko‘rish uchun bordi. Takrordan aniqlanishicha, Ronaldu haqiqatan ham o‘yindan tashqari holatda bo‘lgan.
27 sentabrda Dortmundda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi 1-to‘p Ronaldu tomonidan 17-daqiqada kiritildi.
Mavzuga oid
11:46 / 13.04.2024
Germaniyada yangi chempion kutilmoqda, «Arsenal» revansh ilinjida, La Ligada ham muhim bahslar. Hafta o‘yinlari anonsi
23:14 / 14.07.2023
«Yuventus» Superliga g‘oyasidan voz kechdi – loyiha ham «o‘limiga» yaqinlashmoqda
09:40 / 21.10.2020
Sulsher «MYu» rekordini yangiladi
22:02 / 01.10.2020