Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi namunadagi yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
«Toshkent yo‘lovchi vagonlarni ishlab chiqish va ta'mirlash zavodi» AJ o‘z faoliyatini kengaytirib, mahsulotlari turini 10 martagacha oshirishga erishdi. Korxonada 50dan ortiq zamonaviy, yuqori tasnifli texnikalardan foydalanilmoqda.
Zavod mutaxassislarining yangi ishlanmalaridan biri havoni sovutuvchi tizimga ega hamda yumshoq o‘rindiqli 61-926 modelli vagonlardir. Bular doimiy yo‘nalishda qatnovchi poyezd tarkiblari uchun mo‘ljallangan. Mazkur vagonlar o‘zaro biriktirilganda orada ochiq masofa kam qoladi va tashqi tomondan germetik bekitilgan bo‘ladi.
Bu o‘z navbatida yo‘lovchilarga vagondan vagonga xavfsiz ravishda o‘tish imkonini beradi. Bundan tashqari, yo‘lovchilar poyezd to‘xtashi va harakatlanishida vagonlarning o‘zaro urilishidan paydo bo‘luvchi saslarni eshitmaydi. Yangi vagonlar tarkibi tashqi tomondan ham zamonaviy ko‘rinishga ega. Shuningdek, uning konstruksiyasi, yoritilishi, ergonomikasi, mikroiqlim, shovqin va vibratsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha sanitar me'yorlarga to‘liq mos keladi.
Manba: “Narodnoye slovo” gazetasi
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
14:10 / 14.05.2025