Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp dunyo prezidenti bo‘lishga da'vo qilmayapti
AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning bayonot berishicha, uning prezidentlik da'volari butun dunyoga emas, faqatgina Qo‘shma Shtatlarga tegishlidir. Tramp Ayova shtatidagi saylovchilari bilan o‘tkazgan uchrashuvida shunday fikrlarni bildirdi, deb xabar qilmoqda WOWT 6 News.
Uning fikricha, AQShga «tashqi, iqtisodiy, muhojirlik va savdoga oid yangi siyosat kerak».
«Men dunyo prezidenti bo‘lmoqchi emasman. Men nomzodimni AQSh prezidentligi uchun ilgari surayapman. Va men sizlarning manfaatlaringizni himoya qila olaman... 8 noyabr kuni ajoyib kun bo‘ladi. Respublikachilarning Oq uyga qaytadigan vaqti keldi», — degan tadbirkor.
Shu bilan birga, u Demokratik partiyadan raqibi Hillari Klintonni o‘z mamlakati manfaatini himoya qilmaydigan «globalchi ayol» deb atagan. Tramp o‘z fikrining isboti sifatida Iroq, Suriya, Liviyadagi vaziyatlar, Eron bilan yadro kelishuvini keltirdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025