Iqtisodiyot | 18:30 / 29.09.2016
10850
2 daqiqa o‘qiladi

Jahonning 57ta markaziy banki yil boshidan beri qayta moliyalash stavkasini pasaytirgan

Armaniston Markaziy banki yil boshidan buyon asosiy foiz stavkasini pasaytirgan dunyoning 200-bosh moliya muassasasi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2016 yil 1 yanvaridan boshlab, dunyoning 57ta markaziy banki iqtisodiy o‘sishga turtki berish maqsadida qayta moliyalash stavkasini pasaytirgan. Bu choralar jahon moliyaviy inqirozidan 8 yil o‘tgach, dunyo iqtisodiyotida paydo bo‘lgan zaiflikka qarshi kurash uchun zarur. 

Qayd etilishicha, markaziy banklar orasida Argentina Bosh banki qayta moliyalash stavkasini 17 marta pasaytirib, shu yilning mayidan beri 1000 punktdan ko‘proq, ya'ni 27,25 foizgacha arzonlashtirgan.
 
O‘tgan davr mobaynida o‘zining pul-kredit siyosatini atigi bir marotaba ko‘rib chiqqan mamlakatlar sirasiga Angliya, Nigeriya va O‘zbekiston kiradi. 

Bunda, eng katta moliyaviy amaliyotni Yevropa va Yaponiya markaziy banklari o‘z zimmasiga oldi. Umuman, qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha eng ko‘p qaror qabul qilingan oy 2016 yilning may oyi bo‘ldi. 

Rossiya Markaziy banki so‘nggi marotaba mazkur stavkani 16 sentabrda pasaytirdi. 

 

Mavzuga oid