Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya parlamenti paranji kiyishni taqiqladi
Bolgariya parlamenti deputatlari jamoat joylarida yuzni berkituvchi kiyim kiyishni taqiqlovchi qonunni qabul qildilar. Bu haqda Bourgas.ru portali xabar bermoqda.
Qonunga ko‘ra, yuzni berkitib turuvchi niqob, paranji, ro‘mollar va boshqa shunga o‘xshash elementlar kiyish taqiqlandi.
Qoidabuzarlar birinchi qoidabuzarlik uchun 200 lev (100 yevro) va keyingi har bir qoidabuzarlik uchun 1,5 ming lev (750 dollar) jarima to‘laydilar.
Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu masala bo‘yicha ovoz berishda mamlakatdagi turklarni taqdim qiluvchi deputatlar ishtirok etmadi. Ularning fikricha, bu qonunning amalga oshirilishi axloq me'yorlarining buzilishi va diniy toqatsizlikning avj olishiga olib keladi.
Hukmron partiya taqiqlov diniy tuyg‘ular va an'analarga tajovuz qilish bilan bog‘liq emasligi hamda mamlakat xavfsizlik va videokuzatuv samaradorligini oshirishga qaratilgani ta'kidlab o‘tildi.
Bolgariyada jami 7,2 mln kishidan islom diniga e'tiqod qiluvchilar 860 ming kishini tashkil qiladi. Bu yerda odatda musulmon ayollar paranji yoki hijob kiymaydilar.
Mavzuga oid
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
18:24 / 12.02.2025
Ukraina Bolgariyadan ikkita yadroviy reaktor sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
10:08 / 01.01.2025