Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yosh velomarafonchilar musobaqasi o‘tkazildi
Farg‘onada o‘tkazilgan “Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining viloyat bosqichida 300 dan ziyod havaskor velosportchi ishtirok etdi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan velomarafon yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uch yosh toifasida o‘tkazilgan musobaqada Quva tumanidagi 50-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Mirjamol Ro‘zaliyev, Toshloq tumani “Sadda” mahalla fuqarolar yig‘inidan Elyor Nishonov, Quva qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Javohir Jamoliddinov birinchi o‘rinni egallab, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
– Velomarafonda g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi Quva tumanidagi 50-umumta'lim maktabi o‘quvchisi M.Ro‘zaliyev. – Chunki ushbu sport turiga juda qiziqaman va doimiy ravishda shug‘ullanib turaman. Sport tufayli o‘zimni yengil his qilaman va bu menga ruhiy, jismoniy kuch bag‘ishlaydi.
Musobaqa g‘oliblari va bir qator qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha eng faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025