Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lukoyl» va «O‘zbekneftgaz» hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
30 sentabr kuni Toshkentda «LUKOYL» OAJ va «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi o‘rtasida neft va gaz sanoati uchun kadrlar tayyorlashda o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Hujjatda o‘quv-ishlab chiqarish yo‘nalishida ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy tamoyillari va shartlari belgilangan. Kelishuvga «LUKOYL» tashkiliy tuzilmani rivojlantirish va xodimlarni boshqarish Departamenti boshlig‘i Yuriy Pixtovnikov va «O‘zbekneftgaz» Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Sayidovlar imzo chekdilar.
Kelishuv xalqaro kompaniyalarda milliy kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman doirasida imzolandi. Anjuman tashkilotchilari sifatida - O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ (LUKOYLning O‘zbekistondagi loyihalari operatori), «O‘zbekneftgaz» hamda I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali nomlari tilga olindi.


Mavzuga oid
15:05 / 10.01.2023
"LUKOYL" Sitsiliyadagi ISAB neftni qayta ishlash zavodini sotyapti
13:00 / 14.04.2020
Koronavirusga qarshi umumiy kurash
17:37 / 05.03.2020
Shavkat Mirziyoyev «LUKOYL» rahbarini qabul qildi
17:00 / 11.02.2020