Fan-texnika | 17:37 / 30.09.2016
11618
2 daqiqa o‘qiladi

Mercedes kompaniyasidan yangi yaxtani kutib oling - Silver Arrow of the Seas 

Mercedes-Benz kompaniyasi o‘zining yangi hashamatli avtomobillari qatorini dabdabali yaxta ishlab chiqarish bilan yangi xaridorlarni o‘z mahsulotlariga jalb qilmoqchi ko‘rinadi. Uning shunday ajoyib kateri Monakoda tashkil etiladigan yaxta-shousida namoyish etiladi. 

28 sentabr kuni Mercedes-Benz Edition 1 Arrow460-Granturismo modelini taqdim etdi. Uning narxi 1,7 mln dollardan boshlanadi. Germaniya kompaniyasi yaxtaning konsepsiyasini 2012 yili namoyish etgan, keyinchalik Silver Arrows Marine kemasozlik kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya mazkur yaxtadan atigi 10 dona ishlab chiqishni rejalashtirgan. Ya'ni, bir mamlakatga bittadan ortiq yaxta sotilmaydi. 

Yaxta 1930 yillarda ishlab chiqilgan Mercedes Silver Arrow avtomobili sharafiga Silver Arrow of the Seas deb nomlangan. 

14-metrli kater unchalik katta bo‘lmasa-da, dizayn jihatidan e'tibor qozonishi mumkin. 

Bir qarashda u Mercedes Model S-sinfidagi avtomobillarni yodga soladi.

Yaxtaning yon tomonlaridagi oynalarini pastga tushirish va shamoldan to‘suvchi oynalarini tepaga ko‘tarish mumkin. Yo‘lovchilar, dengizda sayr qilish barobarida tabiat manzaralaridan bemalol bahra olishlari mumkin. 

Yaxta 960 ot kuchiga ega bo‘lib, eng yuqori tezligi soatiga 40 uzelni tashkil etadi. 

Umumiy hisobda unga 10 kishi bemalol joylasha oladi.

Yaxta ichkarisidagi yotoqlar va stollar yig‘iluvchi bo‘lgani bois, xohlagan vaqtda salonni kengaytirish mumkin. 

Bundan tashqari, yaxta bortida barcha zamonaviy qulayliklar, havoni sovutgich, mediatizim, muzlatgich va boshqa sharoitlar muhayyo qilingan. 

Silver Arrows Marine kemasozlik kompaniyasi Arrow460-Granturismo yaxtasini yaqin oylarda ishlab chiqarishni boshlaydi. 2017 yilning ikkinchi yarmidan yetkazib beriladi. 

Mavzuga oid