Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva AQShning Suriya bo‘yicha muloqotga barham berish tahdidlariga javob berdi
Amerika hukumatining Suriya inqirozi bo‘yicha Moskva bilan hamkorlikka barham berishi terrorchilarga tuhfa bo‘ladi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova shunday fikrni bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh davlat kotibi Jon Kerri bergan bayonotga ko‘ra, Vashington Moskva bilan Suriyadagi inqirozga barham berishga qaratilgan muloqotga chek qo‘yadi. Shundan so‘ng, Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest aytganidek, ikki mamlakat hamkorligi "kutilgan natijani bermagan".
Zaxarovaning xotirlashicha, Vashington uzoq vaqt Suriyada terrorchilarning mavjudligini inkor etib kelgan.
"Agar Vashingtonning tahdidlari aniq qarorga aylansa, — Oq uy terrorchilarni o‘z panohiga olganiga shubha qolmaydi. Shu bilan terrorchilar ko‘chasida katta bayram boshlanadi", — deb yozgan diplomat Facebook sahifasida.
TIV vakilining qayd etishicha, AQSh oldin ham bir necha marotaba terrorchilarga "hadya"lar taqdim etgan. Xususan, Zaxarova Vashingtonning "Jabhat an-nusra" terrorchilik guruhini sodiq muxolifatdan ajrata olmayotganini fikrining isboti sifatida keltirgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025