Light | 09:53 / 30.09.2016
44860
7 daqiqa o‘qiladi

Sehrli tunning eng sara 10 siri

Uyqu tarovatini qanday qilib to‘laligicha his qilish mumkin? Buning javobi to‘g‘ri tanlangan choyshabda yashirin, zero uni qalb va tana uchun tanlash muhim.

Har bir inson choyshabning o‘lchamlari va rangini o‘z ehtiyoji hamda dididan kelib chiqib tanlaydi, biroq mato va uning tarkibi – bu ancha murakkab masala. “Satin” nomi matoning to‘liq tabiiy ekanligidan dalolat bermaydi, chunki faqat uning tarkibigina asl haqiqatni ko‘rsatib berishi mumkin. Matoning tarkibi odatda foizda ifodalanadi.

Shunday qilib, choyshab tanlayotganda ikki tushuncha – “tola” va “mato”ni  ajrata bilish zarur. Ishlab chiqaruvchilar odatda yorliqda matoning tarkibini ham,  iplarning to‘qilish usulini ham ko‘rsatishlari mumkin. Bu hech narsadan xabari yo‘q xaridorni tanlovda adashtirishi mumkin. Choyshabning bahosi tola hamda matoning chidamliligiga bog‘liq.

Tabiiy tolalar

Ipak, zig‘ir va paxta – choyshab uchun matolar ishlab chiqishda asosiy tabiiy tolalar.

Paxta

Paxta — choyshab uchun eng yaxshi va mashhur matolardan biri. Bir tomondan, u qimmat emas, boshqa tomondan – yetarlicha uzoq muddat xizmat qiladi. Paxtaning asosiy xususiyatlaridan biri – bu uning gigroskopikligi: bunday matoli choyshab qishda isitadi, yozda esa qizdirib yubormaydi. Paxta matolar inson tanasining nafas olishiga imkon beradi hamda teriga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi. Qimmatbaho sifatli paxta matodan tikilgan choyshab sizga uzoq vaqt davomida xizmat qiladi, arzon paxtali matodan yaratilgan choyshab esa – bir marta yuvganingizning o‘zidayoq asl ko‘rinishini yo‘qotadi, undagi bo‘yoqlar biroz vaqt o‘tgach xiralashadi.

Zig‘ir

Zig‘ir matoli choyshablar eng ekologik, gigiyenik va chidamli hisoblanadi. U yumshoq va mayin bo‘lib, havoni yaxshi o‘tkazadi, uyqu vaqtida inson tanasining optimal issiqlik rejimini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Zig‘ir matodan yaratilgan choyshab to‘plamlari 200 martagacha yuvishga chidamli. Bunday matoli choyshabning yagona kamchiligi – uning tez g‘ijim bo‘lishida, bu jihat choyshabni dazmol qilish jarayonini qiyinlashtiradi.

Ipak

Yuqori sifatli tabiiy ipak matoli choyshablar ajoyib iste'molchi fazilatlariga ega, biroq uning narxi juda baland. Yumshoq, serjilo, ushlaganda salqin turuvchi bu mato inson organizmiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Benihoya romantik kayfiyat paydo qiluvchi bu choyshabni parvarishlash biroz murakkab. Agar ipak choyshabda ilmoqlar paydo bo‘lsa,  sirpansa, muzlatsa, u holda bu choyshab past sifatli yoki sun'iy ipakdan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Ipak choyshabni juda ehtiyotkorlik bilan yuvish lozim, kimyoviy tozalash xizmatidan foydalanilsa, nur ustiga a'lo nur bo‘ladi.

Mato  turlari

Choyshabning sifati va narxiga nafaqat mato tarkibi, balki foydalanilayotgan matodagi iplarning to‘qilish usuli ham sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Keling, choyshab ishlab chiqarishda foydalaniladigan matoning to‘qilish usullarini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Satin. Satin – biroz jilosi bo‘lgan mustahkam, zich va bir vaqtning o‘zida nozik, mayin hamda juda chiroyli mato. Matoning ikkilamchi to‘qilishi satinga biroz jilo beradi. Ip qancha ko‘p aylantirilgan bo‘lsa, matoning jilosi shuncha yorqin bo‘ladi. Uning yuzasi yorqin bo‘lib, ko‘rinishidan ipakni eslatadi, lekin bunday satin ipakdan arzon, boshqa paxta matolardan esa qimmatroqdir. Satin 300-400 marta yuvishga chidamli bo‘lib, bu boshqa matolarga nisbatan rekord natija hisoblanadi.

Jakkar satin. Mato uning yaratuvchisi Jozef Mariya Jakkar nomiga qo‘yilgan. 1801 yilda u sanoat miqyosida jakkar matoni tayyorlash imkonini bergan to‘quv dastgohini yaratdi. Jakkar satin nisbatan murakkab to‘qiladi, u ipakka o‘xshab jilolanadi. U  tuzilishi va matoga tushirilgan rasmlarga ko‘ra rang-barang bo‘lishi mumkin. Jakkar mato o‘zining mustahkamligi, chidamliligi bilan ajralib turadi, u ko‘pincha aralash tolalar, masalan, paxta va ipakdan iborat bo‘ladi. Jakkar satin asosan dekorativ choyshablar uchun ishlatiladi.

Ranfors. Ranfors – bu yumshoq, mustahkam va qulay paxta mato. Biroq u bir marta yuvilganidan keyin “o‘tirishi” mumkin. Ranfors matosida ingichka paxta ip qo‘llaniladi, shu bois u zig‘irga qaraganda yupqaroq va nafisroq chiqadi. Ranforsning zichligi va silliqligi mato yuzasiga yanada ingichka va mayda detalli rasmlar tushirish imkonini beradi.

Sintetik matoli choyshablar

Do‘konlarda sintetik matolardan tayyorlangan choyshablar ham ko‘p uchraydi. Uning asosiy ustunligi past bahoda sotilishidadir. Sintetika havoni o‘tkazishi juda qiyin. Uyqu vaqtida bunday choyshab yopgan kishi terlaydi. Agar xonada biroz yelvizak bo‘lsa, bu shamollash uchun sabab bo‘la oladi.

Choyshab tanlayotganda yana nimalarga e'tibor qaratish lozim?                                                                                        

Choyshab tanlayotganda sintetikasiz matolarga e'tibor qarating. Bu, ayniqsa bolalar choyshabiga taalluqli. To‘plam qutisini ochib, undagi choyshab qismlarining mavjudligini hamda teskari tomondagi choklarini tekshirishga erinmang. Choyshabni sinalgan ishlab chiqaruvchilardan xarid qilgan ma'qul.

Señor&Señorita uy aksessuarlari do‘konida sifatli choyshabning keng assortimenti namoyish etilgan. Do‘kon maslahatchilari kundalik foydalanish, maxsus bayram kunlari va sarpo uchun choyshab to‘plamlari tanlashda sizga yordam berishadi. Xaridlar naqd pul va terminal bo‘yicha amalga oshiriladi.

Manzil: MEDIAPARK Qoratosh savdo markazi, 2-qavat

Mo‘ljal: O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi, “Bunyodkor” metro bekati

Facebook’dagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/senorandsenorita/

Instagram’dagi rasmiy sahifa: @senorandsenorita

Do‘konning ish tartibi: har kuni soat 10:00dan 20:00gacha

Telefon: +99871 202 77 00.

Mavzuga oid