Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQShning Suriya bo‘yicha siyosatini ikkiyuzlamachilik deb atadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQShning suriyada o‘tkazayotgan siyosatini tanqid qilib, uni ikkiyuzlamachi deb atadi.
"Biz AQSh Suriyada ikkiyuzlamachi siyosat o‘tkazayotganini kuzatmoqdamiz. AQSh rahbariyatining bir qismi terrorchilar bilan birga harakat qilmoqda, boshqa qismi esa bizning xavotirlarni (suriyalik kurdlar mudofaa kuchlari bilan hamkorlik) hisobga olmoqda. Men ishonamanki, AQSh yaqin orada munosabatlarimizni maqbul darajaga keltiradi", deb aytdi Erdo‘g‘an Anqarada parlamentning kuzgi sessiyasi ochilishi vaqtida.
Erdo‘g‘an, shuningdek, AQSh kongressini 2001 yil 11 sentabrdagi terakt qurbonlariga Saudiya Arabistoni ustidan sudga da'vo arizasi berishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qilgani uchun tanqid qildi.
"Bu omadsiz qarordir, u jinoyat uchun shaxsiy javobgarlik tamoyiliga amal qilmaydi. Biz bu noto‘g‘ri qaror iloji boricha tezroq bekor qilinishini kutib qolamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025