Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi eng tezkor internetga ega mamlakat nomi e'lon qilindi
Norvegiya Yevropa mamlakatlari orasida internet tezligi bo‘yicha reytingda Shvetsiyaning o‘rnini egalladi, deb xabar qilmoqda The Local nashri Akamai aloqa operatori o‘tkazgan tadqiqot natijalariga tayangan holda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Norvegiyadagi internetning o‘rtacha tezligi 2015 yil bilan qiyoslaganda 55 foizga ko‘tarilgan. Shunga qaramay, Norvegiya 20,1 Mbit/soniya ko‘rsatkich bilan bu boradagi jahon yetakchisi Janubiy Koreyani (27 Mbit/soniya) ortda qoldira olmagan.
Uchinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan Hongkongda internet tezligi 19,5 Mbit/soniyani ko‘rsatgan bo‘lsa, Shvetsiyadagi internet tezligi — 18,8 Mbit/soniyani tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025