Jahon | 19:12 / 01.10.2016
23334
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘llarning sifati bo‘yicha jahon mamlakatlari reytingi e'lon qilindi 

Butunjahon iqtisodiy forumi (WEF)ning «Global raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi»ga oid hisobotiga dunyo mamlakatlaridagi avtomobil yo‘llari holati bo‘yicha reyting kiritilgan

Unga ko‘ra, jahonning eng yaxshi avtomobil yo‘llari sifatida BAA yo‘llari e'tirof etilgan. Undan so‘ng Singapur, Hongkong, Niderlandiya, Yaponiya, Fransiya, Shveytsariya, Avstriya va Daniya davlatlari keltirilgan.

Rossiya Gabon, Serra-Leone hamda Livan va Kosta-Rika davlatlari oralig‘ida joylashib, 123-o‘ringa munosib ko‘rilgan. 

Ro‘yxatdagi mamlakatlar orasida Ukraina, Paragvay, Kongo va Madagaskardagi yo‘llar eng yomon ekani qayd etilgan.

Mavzuga oid