Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston hukumati hind telekanallari namoyishini taqiqladi
Pokistonning elektron OAV faoliyatini boshqaruvchi idorasi (Pakistan Electronic Media Regulatory Authority, PEMRA) 1 oktabr, shanba kuni mamlakat hududida "noqonuniy" hind telekanallarining namoyishini to‘liq taqiqlash qarori haqida e'lon qildi. Bu haqida ANI agentligi ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, mazkur qaror 15 oktabrdan kuchga kiradi. Namoyishni davom ettiruvchi kabel televizion kompaniyalariga qarshi qat'iy choralar ko‘riladi.
Bundan avval Pokistondagi kinoteatrlar Hindiston armiyasi harakatlariga javoban hind filmlari namoyishini to‘xtatish haqida e'lon qilgandi. Hind harbiylari aksilterror operatsiyalar doirasida Pokiston hududidagi yetti tumanga "zarbalar" bergan. Otishmada 2 nafar pokistonlik harbiy halok bo‘lagan.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar Kashmirdagi harbiy qismga uyushtirilgan hujumdan keyin yomonlashgan. Unda Hindiston armiyasining 18 nafar harbiysi halok bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, jangarilar Pokiston hududidan kirgan. Islomobod teraktga aloqadorligini inkor qilmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
21:17 / 23.05.2025