Jahon | 23:50 / 01.10.2016
20949
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili O‘rta Osiyo davlatlari bilan chegaralar yopilishiga qarshi chiqdi

Afg‘oniston tomondan solinayotgan xavf tufayli O‘rta Osiyo davlatlari bilan chegaralarni yopish noto‘g‘ri qarordir, deb hisoblamoqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova. 

"Mening fikrimcha, chegalarni yopish – yechim emas. Nazorat qilish – shak-shubhasiz. Migratsiya siyosati – albatta. O‘z manfaatlarini tushunish va ular uchun kurashish – bu ustuvor narsalardir, biroq integratsiyani rivojlantirish bu davlatlarga iqtisodiy rivojlanish, taraqqiyot va ilm o‘rniga odamlarning, ayniqsa nochor odamlarning ongiga oson o‘rnashuvchi ekstremizm, terrorchilik, giyohvand moddalar va shu kabilar kelishiga qarshi emlash hisoblanadi", deb aytdi Zaxarova intervyularidan birida. 

Uning aytishicha, chegaralarni yopishdan voz kechish Rossiyaga O‘rta Osiyoga solinayotgan xavfni bartaraf etishda yordam beradi.

Afg‘onistonda "Tolibon" radikal harakati yirik shaharlarga hujumini boshladi. Shuningdek, bu mamlakatda IShID terrorchilik guruhi ta'siri oshgan.

 

Mavzuga oid