Jahon | 15:19 / 02.10.2016
4792
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters Rossiyani Halabdagi shifoxonaga hujum qilishda aybladi

Suriyadagi isyonchi kuchlar va gumanitar yordam sohasi xodimlari Reuters nashriga Rossiya aviatsiyasi Bashar Asad hukumati qo‘shinlari bilan birgalikda Halab viloyatidagi muxolifat kuchlari joylashgan hududga hujum qilish vaqtida shahardagi shifoxonalardan birini vayron qilgani haqida xabar qilishgan.

Manbalarning tasdiqlashicha, bombardimon oqibatida shifoxonadagi mijozlar halok bo‘lgan, 13 kishi jarohatlangan.

Agentlikning qayd etishicha, hududdagi barcha katta yo‘llar bo‘ylab aviazarbalar berilgan.

Manbalarning aytishicha, shifoxona binosiga kamida 7ta raketa kelib tushgan. Ular bu hujum Rossiya harbiy havo kuchlari qiruvchilari va Suriya harbiy vertolyotlari tomonidan yo‘llanganini tasdiqlashgan.

Endilikda shifoxona yaroqsiz ahvolga kelgan va yordamga muhtojlarni qabul qila olmaydi.

Bundan oldinroq Germaniya TIV rahbari ziddiyat tomonlariga murojaatida shu masalaga e'tibor qaratgandi.

«Jangarilar bilan urushsangiz urushing, lekin shifoxonalarga hujum qilmang», — degandi u.

Sentyabr oyi oxirida Suriya HHK tomonidan Halabdagi va atrofdagi barcha tumanlar bo‘ylab hujumlar olib borilishi boshlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid