Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Di Matteo tayinlanganidan 3 oy o‘tib «Aston Villa» bosh murabbiyligidan bo‘shatildi
«Aston Villa» Roberto Di Matteoni jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqardi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilindi.
«Klub bu qarorga qoniqarsiz natijalar tufayli keldi», — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
O‘tgan mavsum yakunida «Aston Villa» Premer-ligadan tushib ketgan va murabbiy Remi Gard ishdan ketgandi. Shundan so‘ng jamoaning yangi xo‘jayinlari italiyalik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.
Klub Chempionshipning ortda qolgan 11 turidan keyin 10 ochko bilan turnir jadvalining 19-o‘rinida ketmoqda. Jamoa 13 avgustdan buyon g‘alaba qozonishning uddasidan chiqa olmagan.
Mavsumlar oralig‘ida «Aston Villa» transferlar uchun 50 million funtga yaqin mablag‘ sarflagan va bu «Real»ning yozgi transferlardagi xarajatidan 2 barobar ko‘proq bo‘lgandi.
Endilikda jamoani Stiv Klark vaqtinchalik boshqarib turadi.
Birmingemliklar jamoasida Di Matteoning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomlar orasida Stiv Bryus, Mik Makkarti va «Haddersfild» bosh murabbiyi Devid Vagner nomlari tilga olinmoqda.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi
16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi
19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan
12:30 / 03.03.2025