Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva shahrida yangi masjid barpo etiladi
Rossiyaning musulmonlar diniy idorasi (MDI) Moskva shahrida yangi masjid qurilishga doir muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi rahbari birinchi o‘rinbosari Rushan Abbyasov xabar berdi.
"Masjidlar qurilishi mamlakatning barcha hududlari uchun dolzarb masaladir. Inqilobga qadar Rossiyada taxminan 15 ming madaniy obekt bo‘lgan, 1991 yilga kelib, ularning soni 100dan kamaygan. Bugun biz poytaxtliklar uchun yana bir katta masjid qurish maqsadida Moskva hukumati vakillari bilan ishchi tartibda maydon izlayapmiz, bu loyiha yangi Moskva hududida amalga oshirilishi ehtimoli bor", - deya ma'lum qildi Abbasov.
Shuningdek, u hozirda ko‘plab shaharlarda olib borilayotgan masjidlar qurilishlari juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.
Abbasovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada 4 masjid faoliyat ko‘rsatmoqda, Rossiya va Yevropadagi eng yirik va baland masjidlardan biri hisoblangan Moskva masjidi shular jumlasidandir. Uning ilk binosi 1904 yilda qurilgan, 2011 yilda esa yangi loyiha bo‘yicha qurilish uchun buzilgan. Ushbu masjid 2015 yilning 23 sentabrida ochilgan. U bir vaqtning o‘zida 10 000 nafargacha kishini sig‘dira oladi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025