Jamiyat | 00:56 / 04.10.2016
5366
3 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada politsiya yuziga tupurganlik uchun 14 yilga ozodlikdan mahrum etiladi

Avstraliya hukumati huquq-tartibot muassasalari xodimlariga hurmatsizlik qilish uchun politsiya yuziga tupurganlikka 14 yilga ozodlikdan mahrum etishgacha qat'iy jazo choralari kiritmoqchi. The Daily Telegraph nashrining Yangi Janubiy Uels shtati adliya vaziri Troy Grantga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, hukumat shu tariqa politsiyachilarga uyushtiriladigan bunday "jirkanch" hujumlarga chek qo‘ymoqchi.

"Bunday tuflashlar politsiyachilarni oddiy hayot tarzidan chiqaradi, chunki ular tupuk orqali jiddiy zararlanishni aniqlashi mumkin bo‘lgan tibbiy tahlillar natijalarini xavotir bilan kutishlariga to‘g‘ri keladi", deb aytdi Grant.

Mahalliy huquq-tartibot muassasalari ishchilari uyushmasi prezidenti Skot Veberning aytishicha, ekspertiza davomida ba'zi zobitlar taxminiy zararlanish yaqin atrofdagilarga yuqishi mumkinligidan xavotirlanib, "o‘zlarini o‘z rafiqalari va farzandlaridan uzoqroq tutishga majbur bo‘lganlar".

Rasmiy statistikaga ko‘ra, o‘tgan yildan boshlab Yangi Janubiy Uels hududida politsiyachilarga minglab tupurish orqali hurmatsizlik qilish holatlari qayd qilingan. Ba'zi hibsga olinuvchilar havo-tomchi yo‘li bilan beriladigan xavfli virus kasalliklari tashuvchilari bo‘lishlari mumkin.

Jurnalistlar tomonidan so‘ralgan ko‘pchilik politsiyachilarning aytishicha, ular uchun yuzga tupurish musht yegandan yomonroqdir. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, har yili taxminan 50 politsiyachi qoidabuzarlar tomonidan tishlab olinadi, 20 ga yaqini sanchuvchi qurol sifatida tibbiy shprits qo‘llangan holda hujumga uchraydi. 

Joriy yil boshida Berens familiyali 42 yoshli politsiyachiga o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan giyohvandlikdan aziyat chekuvchi ayoldan kasallangan-yo‘qligini ko‘rsatishi kerak bo‘lgan tibbiy tahlillar natijalarini uch oy davomida xavotir bilan kutishiga to‘g‘ri kelgan. Politsiyachi ayolga balkondan sakrashiga yo‘l qo‘ymagan, ayol esa qarshilik ko‘rsatib, politsiyachiga tupurgan, uni tishlagan va hattoki tirnagan. Berensning aytishicha, u 18 yillik xizmati davomida bunday hujumlarga sanoqsiz marta uchragan. "Agar bunday qonun mavjud bo‘lganda, hammasi ancha yaxshi bo‘lardi", deb ta'kidlab o‘tdi politsiyachi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid