Jamiyat | 21:35 / 04.10.2016
10200
2 daqiqa o‘qiladi

Eyfel minorasiga ochiluvchi manzaraga ega kvartira juda katta narxga baholandi

Hurwitz-James ko‘chmas mulk agentligi Parijning 16-okrugidagi kvartirani taklif qilmoqda. Kvartiradan Eyfel minorasiga ajoyib manzara ochiladi. 

Taklif qilinayotgan ikki qavatli pentxaus 8 ta yotoqxona, 10 ta vanna, lift, spa va sauna bilan jihozlangan. Kvartiraning umumiy maydoni 800 metr kvadratni tashkil qiladi. Kvartira ar-deko davriga mansub uyning yuqori qavatlarida joylashgan. Kvartira yerto‘lasida qimmatbaho narsalarni saqlash uchun zirhlangan eshikli uchta seksiya va avtomobillar uchun garaj joylashgan. Kvartira 45 mln yeroga baholangan va taxmin qilinishicha, Parijdagi eng qimmatbaho kvartira hisoblanadi.

Ayni vaqtda Parij yashash uchun eng qimmat shaharlar ro‘yxatida 5-o‘rinni egallamoqda va bu borada Tokio, London, Gonkong va Nyu-Yorkdan keyingi o‘rinni egallamoqda. Moskva, ma'lumotlarga ko‘ra, eng qimmat shaharlar orasida 15-o‘rinni egallamoqda. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Moskvada eng qimmat kvartira 37 mln yevro turadi.

 

Mavzuga oid