Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID rahbarlarining Iroq provinsiyasidagi uchrashuvi janjal va otishmalar bilan tugadi
IShID rahbarlarining maxfiy uchrashuvi o‘zaro janjal va otishmalar bilan tugadi. Bu haqida The Daily Star xabar berdi.
"Xashd ash-Shaabiy" shia ayirmachilari vakili Jabbor Mamuriyning ma'lum qilishicha, IShID yetakchilari yo‘qotishlardan keyingi taktik va strategik rejalarni kelishib olish uchun Iroqdagi Diyala va Salohuddin provinsiyalari o‘rtasida joylashgan, nazorat ostidagi hududda to‘planishgan.
Mamuriyning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda IShIDning mahalliy arab millatiga mansub va boshqa yetakchilari (millatiga aniqlik kiritilmagan) o‘rtasida janjal chiqib, otishmaga aylanib ketgan. Manbaga ko‘ra, kamida bir nafar IShID rahbari o‘ldirilgan, 3 nafar raqibi esa jarohat olgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi paytlarda IShID jangarilari orasida katta yo‘qotishlar bo‘layotgani, nazorat ostidagi hududlar qisqarayotgani va moliyaviy xarajatlar ko‘paygani sabab guruh rahbariyatida tez-tez ziddiyatlar kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi
23:41 / 17.04.2025